1

Shavkat Miziyoev: Xalqimiz Birinchi Prezidentning beqiyos xizmatlarini hech qachon unutmaydi

Siyosat 31.01.2018, 14:03
Shavkat Miziyoev: Xalqimiz Birinchi Prezidentning beqiyos xizmatlarini hech qachon unutmaydi

Barchangizga ma`lumki, shu kunlarda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug`anievich Karimovning 80 yillik tavallud ayyomi butun mamlakatimizda keng nishonlandi.

30 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qarshi shahrida Islom Abdug`anievich xotirasiga bunyod etilgan haykalning tantanali ochilishi va ehson marosimida qatnashdi. Ana shu xotira tadbirlarining davomi sifatida Samarqand shahrida mashhur Hazrati Xizr majmuasi yonida Birinchi Prezidentimizning maqbara yodgorligining ochilish marosimida ishtirok etib nutq so`zladi.

Barchamiz guvohmiz: Islom akaning vafotlaridan so`ng butun yurtimizdan, er yuzining turli o`lkalaridan bu erga ming-minglab ziyoratchilar oqib kela boshladi. Shuning o`ziyoq mustaqil O`zbekiston davlatining asoschisi, mamlakatimizga 27 yil davomida rahbarlik qilgan Birinchi Prezidentimiz o`zining buyuk tarixiy xizmatlari bilan xalqimiz xotirasida, jahon jamoatchiligi o`rtasida qanchalik yorqin iz qoldirganini ko`rsatadi.
Ishonchim komil, bugun ushbu maqbara ochilishi bilan ziyoratchilar oqimi yanada ko`payadi. Bu maskan odamlar, ayniqsa, yosh avlodimizning qadami hech qachon uzilmaydigan muqaddas ziyoratgohga, katta tarbiya maskaniga aylanadi. Ko`z o`ngimizda qad rostlab turgan ushbu betakror majmua, avvalo, mustaqilligimiz asoschisi, istiqlolimiz me`mori bo`lgan muhtaram Islom Abdug`anievichning o`lmas xotirasiga xalqimizning cheksiz hurmat-ehtiromi va mehr-muhabbatining amaliy ifodasi sifatida barpo etildi.

Shuningdek Shavkat Mirziyoev yodgorlik majmuasini ziyorat qilishda muhim bir jihatga alohida e`tibor berishni so`radi.

Maqbara peshtoqlariga muqaddas Qur`on oyatlari va hadis namunalari bitilgan bo`lib, ularda teran ma`no mujassam. Bu ilohiy kalimalar har qaysi insonni ma`naviy jihatdan poklanishga, hayotning ma`no-mazmunini chuqurroq anglashga da`vat etib turadi.

Fursatdan foydalanib, Prezident ushbu majmuani barpo etishda ishtirok etgan me`mor va quruvchilar, pudratchi tashkilotlar vakillariga, bu xayrli va savob ishga hissa qo`shgan barcha-barcha insonlarga, Samarqand ahliga o`z nomidan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirdi.

"Mard va olijanob, bag`rikeng xalqimiz mustaqil O`zbekistonning birinchi rahbari muhtaram Islom Abdug`anievich Karimovni, ul zotning Vatan oldidagi beqiyos xizmatlarini hech qachon unutmaydi", - deb ta`kidladi davlat rahbari nutqining so`nggida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1