1

Milliy xavfsizlik xizmati to`g`risida qonun qabul qilinadi

Siyosat 31.01.2018, 14:34
Milliy xavfsizlik xizmati to`g`risida qonun qabul qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga asosan hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Loyihada davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari, milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari, milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari, sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi.

Xabarda eslatib o`tilganidek, Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati hozirda Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 2 noyabrdagi 278-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1