24 aprel kuni “Toshkent” xalqarot aeroportida “Toshkent-Moskva” reysi bo`yicha parvoz amalga oshirish uchun kelgan chiptasi bor yo`lovchilar o`rtasida noqulay vaziyat vujudga keldi.
Tartibga ko`ra, samolyotga chiqish uchun 2-2,5 soat oldin kelgan yo`lovchilarning 40 nafari ba`zi bir sabablarga ko`ra samolyotda joysiz qolishdi, deya xabar beradi Podrobno nashri.
“O`zbekiston havo yo`llari” MAK ma`lumotlariga ko`ra, joy etmay qolganining asosiy sababi o`tgan reysda parvoz amalga oshirishi kerak bo`lgan odamlarning qolib ketganliklari bo`lgan.
Jabrlanganlardan birining Facebook tarmog`ida ma`lum qilishicha, aviakompaniya shu kunning o`zida ularga 36 572 so`mdan badal puli to`lagan.
Hozirda milliy aviatashuvchining rasmiy saytida bu holat yuzasidan rasmiy bayonot taqdim etmagan.





