23 aprel kuni O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1 mayni Toshkentda "favvoralar kuni" deb e`lon qilish to`g`risida qaror qabul qildi.
Bundan buyon may oyining ilk kuni favvoralar maydonlarida sayrlar uyushtirilib, umumhalq bayramiga aylanadi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati matbuot markazining xabariga ko`ra, bayram davomida yoshlar hamda san`at arboblari, yozuvchi va shoirlar, kino hamda teatr namoyondalari o`rtasida uchrashuvlar o`tkaziladi.





