1

Moliya vazirligi qariyb 3 mingta byudjet tashkilotidan 12,6 million so`mlik kamomad aniqladi

Jamiyat 25.04.2014, 10:48
Moliya vazirligi qariyb 3 mingta byudjet tashkilotidan 12,6 million so`mlik kamomad aniqladi

Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2014 yilning I choragida tasdiqlangan ish reja, xuquq tartibot organlarining topshiriqlariga asosan jami 3174 ta byudjet muassasalarida taftish va tekshirish o`tkazildi.

Tekshiruv natijalariga ko`ra ularning 2828 tasida 12 593,3 mln.so`m miqdorida kamomad, o`zlashtirish va noqonuniy xarajatlar aniqlangan. Bu haqda Vazirlik rasmiy sayti xabar beradi.

Aniqlangan kamomad, o`zlashtirish va noqonuniy xarajatlardan 7211,7 mln.so`mi yoki 57,3 foizi undirilib, 10 439,3 mln.so`mlik moliyaviy xatoliklar bilan 811 ta tekshirish materiallari aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko`rish uchun huquq tartibot organlariga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1