1

I chorakda 352 mahalliylashtirish loyihasi bo`yicha 439,8 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi

Jamiyat 25.04.2014, 11:04
I chorakda 352  mahalliylashtirish loyihasi bo`yicha 439,8 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi

Ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi va turlarini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarning faol amalga oshirilishi natijasida joriy yilning I  choragida  muzlatkichlar, suyuq kristalli televizorlar, tejamkor energiya lampalari, engil va yuk avtomobillari, avtobuslar, avtomobil dvigatellari, kultivatorlar, transformatorlar, markaziy isitish radiatorlari, ip-gazlama matolar, poyabzal va teridan tayyorlangan mahsulotlar, meva-sabzavotli konservalar, sut mahsulotlari va boshqa tovarlarning ishlab chiqarilishi sezilarli darajada ko`paydi.

Tayyor tikuv-to`qimachilik mahsulotlarining 14 yangi turi va 27 modeli, 17 nomdagi yangi dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqarish o`zlashtirildi va boshqalar.

Tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo`yicha dasturni amalga oshirish doirasida yil boshidan buyon 154 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish  o`zlashtirildi. Jumladan, elektroduxovka, gaz va elektr plitalar, kondisionerlar, boshqa maishiy elektr jihozlari, elektrodvigatellar va nasoslar, mislangan payvandlash simlari, avtomashinalar uchun antifriz, sport maydonlari uchun sun`iy qoplama, rezina asosli kovrolan, yangi turdagi bolalar o`yinchoqlari, sport anjomlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Umuman, shu yilning I choragida 352  mahalliylashtirish loyihasi bo`yicha 439,8 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi, import o`rnini bosish samaradorligi 197,9 million dollarni tashkil etdi.

Iqtisodiy nochor korxonalarni restrukturizasiya qilish va moliyaviy sog`lomlashtirish hamda ularni yangi mulkdorlarga berish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida shu yilning boshidan buyon tegishli dasturlarga kiritilgan korxonalarni tiklashga 568,2 milliard so`mlik investisiya  yo`naltirildi. Natijada ushbu korxonalarda 668,2 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarilib,  37 million dollardan ziyodi eksport qilindi, 6,1 mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratildi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida shu yilning boshidan buyon yirik korxonalarda 35,6 million dollarlik 393 dona ma`naviy va jismoniy eskirgan uskuna yangilandi, V-VI innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalarida tuzilgan shartnomalar doirasida 17 ta yangi texnologiya ishlab chiqarishga joriy qilindi, mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalari yaratildi.

Bu haqda O`zbekiston respublikasini 2014 yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to`g`risidagi hisobotda ma`lum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1