1

Koreya Respublikasining malakali shifokorlari yurtimizda tug`ma yurak nuqsonli bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi

Jamiyat 25.04.2014, 11:44
Koreya Respublikasining malakali shifokorlari yurtimizda tug`ma yurak nuqsonli bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi

26 aprel kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida Koreya Respublikasining “Junior Chamber International – JCI” va Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitali malakali shifokorlari Respublikamizga tashrif buyurib, tug`ma yurak nuqsoni tashxisli bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi.

Ushbu tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra og`ir deb topilgan bemor bolalar yurtimiz va Koreya Respublikasi nufuzli klinikalarida sog`lomlashtiriladi.

Tashrif doirasida delegasiya 25-28 aprel kunlari tasdiqlangan reja asosida Kim Pen Xva nomidagi muzeyga, Toshkent shahridagi Koreya ta`lim markaziga, O`zbekistondagi Koreya madaniyat markazlari Assosiasiya va O`zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonalariga tashrif buyurishadi.

Ma`lumki, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta`minlash maqsadida bemor va nogiron bolalarni sog`lomlashtirishda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari va Universitetlari bilan hamkorlikda keng ko`lamda faoliyat olib bormoqda. Ma`lumot o`rnida aytib o`tishki joizki, 2013 yil davomida 32 nafar yurak tug`ma nuqsoni bilan bemor bolalarni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kardioxirurgiya klinikasida operasiya qilinishi uchun bepul oksigenatorlar va butlovchi qismlari topshirildi. Operasiyalar muvaffaqiyatli o`tkazildi. 2013 yilning 9 noyabr kuni Koreya Respublikasining «Save the Shildren» xalqaro tashkiloti tomonidan 50 dona yurak tug`ma nuqsoni bilan bemor bolalarni operasiya qilish uchun oksegenatorlar va butlovchi qismlari keltirildi.

2013 yilning 19-22 aprel kunlari Koreya Respublikasining “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti vakillari va Pundan Cha universiteti qoshidagi Cha Gospitali malakali shifokorlari Respublikamizga tashrif buyurib, tug`ma yurak nuqsoni tashxisli bemorlarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishdi. Ushbu tibbiy ko`rikdan o`tgan bemorlarning 3 nafari fond mutaxassislari va kuzatuvchilar bilan birgalikda 2013 yilning 18 avgust kuni Koreya Respublikasining In Xa universiteti Gospitalida davolanish uchun jo`nab ketib, yurtimizga sog`lomlashtirilib qaytib keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1