1

Toshkentlik bojxonachilar 200 quti “Parlament” va 130 quti “Malboro”ning “yo`lini to`sishdi”

Jinoyat 01.02.2018, 16:23
Toshkentlik bojxonachilar 200 quti “Parlament” va 130 quti “Malboro”ning “yo`lini to`sishdi”

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan AQShdan fuqaro A.Roziqov (ism-shariflar o`zgartirilgan) nomiga kelgan pochta jo`natmasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, 200 quti “Parlament” va 130 quti “Malboro” nomli sigaretlar, 1640 dona turli xil saqichlar borligi ma`lum bo`ldi. Shu tariqa qonunbuzar pochta jo`natmasi orqali umumiy qiymati salkam 40 mln. so`mlik sigaret va saqichlarni olib kirishga uringan.

O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlarini belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan majburiy markalash tartibi joriy etilgan. Mazkur tartiblarga rioya qilmasdan tamaki mahsulotlarini yurtimizga olib kirish, aksiz markalarini yopishtirmagan holda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta`qiqlanadi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1861-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ish hujjatlari tegishli tergov organiga yuborilgan.

Shuningdek, ushbu post xodimlari horijdan kurerlik xizmati orqali keltirilgan pochta jo`natmalarini o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishganida CN 23 xalqaro pochta deklarasiyalarida ko`rsatilmagan umumiy qiymati salkam 13 million so`mni tashkil etuvchi 30 donaga yaqin texnika vositalari borligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan vaqtincha olib qo`yilgan tovarlar Yashnobod tuman ma`muriy sudi qaroriga asosan davlat egaligiga o`tkazilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1