Abdulla Aripov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi bugun Qozog`istonga tashrif buyuradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Delegasiya shaharda bo`lib o`tadigan «Globalizasiya davrida raqamli kun tartibi» mavzuidagi xalqaro forumda ishtirok etadi.
Forum Qozog`iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev tashabbusi bilan o`tkazilmoqda. Unda Qozog`iston, Armaniston, Belarus, Qirg`iziston, Rossiya va O`zbekiston bosh vazirlari, Ozarboyjon hamda Tojikistonning rasmiy delegasiyalari, shuningdek, xalqaro IT -kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.






