AsosiySport

"India Open". O`zbek bokschilarida ettita medal

'"India Open". O`zbek bokschilarida ettita medal'ning rasmi

Hindistonda boks bo`yicha xalqaro "Indian Open" turniri nihoyasiga etdi.

Turnirning hal qiluvchi final janglariga etti nafar bokschimiz etib kelgani haqida xabar qilgandik. Kecha musobaqada final to`qnashuvlari bo`lib o`tdi.

Avvaliga -69kg vazn toifasidagi Bobousmon Boturov hindistonlik Dineshni mag`lubiyatga uchratdi. Keyin esa Isroil Madrimov (-75g) kubalik Estrada Iglesias ustidan g`alaba qozondi. Og`ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov (-91kg) jangni faol o`tkazganiga qaramay, yakunda hakamlar g`alabani mezbon bokschi Sanjitga taqdim etishdi. Superog`ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov esa (+91kg) boshqa bir mezbon bokschi Kumar Satishni katta ustunlik bilan mag`lubiyatga uchratdi.

Kechki dasturdan o`rin olgan janglarda esa Xudoynazar Fayzov (-52kg) Hindiston terma jamoasi a`zosi Anvar Salmonni, Abdulhay Shorahmatov esa (-56kg) mog`ulistonlik Amar Xarkuni mag`lubiyatga uchratdi va turnir g`olibligini qo`lga kiritdi. Iqboljon Xoldorov esa (-64kg) afsuski kubalik Moyran Vinentga imkoniyatni boy berib qo`ydi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.

Shu tariqa, turnirda 10 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O`zbekiston boks terma jamoasi umumiy hisobda "India Open"da 5ta oltin, 2ta kumush medalini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi, deb yozadi "Olamsport" nashri.

    Boshqa yangiliklar