1

O`zbekistonda xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuniga bag`ishlangan Media kunlar start oldi

Jamiyat 28.04.2014, 12:49
O`zbekistonda xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuniga bag`ishlangan Media kunlar start oldi

Bugun 28 aprel kuni poytaxtimizda Xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuniga bag`ishlangan media kunlar boshlandi.

Media kunlar Xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuni oldidan O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assossiasiyasi (O`zEOAVMA) EXHT, K.Adenauer jamg`armasi, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi kabi xalqaro hamkorlar va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi Parlament komissiyasi, “Uzreport” AA, O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Kamolot” YoIH, «O`zbekiston kabel televideniesi» MChJ kabi milliy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.

2 maygacha davom etadigan mazkur tadbir doirasida turli seminar-treninglar, hududiy telestansiyalar jurnalistlari va texnik xodimlari uchun ma`naviyat va madaniyat mavzularini o`z ichiga olgan  “davra suhbati”, O`zEOAVMA a`zolari ishtirokidagi anjuman hamda xalqaro konferensiyalar bo`lib o`tadi.

Shuningdek, media kunlar ishtirokchilari IX “Oltin qalam” milliy mukofotini taqdirlash marosimida ishtirok etib, “Jurnalistlar bahori” an`anaviy festivalida qatnashish imkoniga ega bo`ladilar.

Tadbirda tele va radiostansiyalar, xalqaro tashkilotlar va  dipmissiya rahbarlari, ijodiy va texnik guruhlari, davlat hokimiyati organlari vakillari, jamoat tashkilotlari vakillari, vazirliklar va idoralar matbuot kotiblari va bosh muharrirlar ishtirok etishadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1