Xabaringiz bor, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tadi.
Olimpiadada ikki nafar sportchimiz, Misha Ge (figurali uchish) va Komil To`xtaev (tog` chang`isi) bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bugun O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida Janubiy Koreyada o`tkaziladigan qishki Olimpiya o`yinlarida ishtirok etadigan delegasiyani kuzatish marosimi o`tkazildi.
Ushbu tadbirda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi raisi Rustam Qurbonov, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi birinchi vise-prezidenti Oybek Kasimov, MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov, Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchimiz Komil To`xtaev va uning murabbiylari, OAV vakillari ishtirok etdilar.








