AsosiySport

Osiyo chempionatini kumush medal bilan yakunladik

'Osiyo chempionatini kumush medal bilan yakunladik'ning rasmi

Eronda engil atletika bo`yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati yakuniga etdi, deya xabar berdi MOQ.

Musobaqaning so`nggi kunida ko`pkurash bahslarida qatnashgan Aleksandra Yurkevskaya terma jamoamiz hisobiga yana bir medalni qo`shib qo`ydi.

Hamyurtimiz ko`pkurash yakunlariga ko`ra 3858 ochko to`pladi va yakunda ikkinchi o`rin sohibiga aylandi. Birinchi o`rinni mezbonlar vakili Sipodoh Tavakotich qo`lga kiritgan bo`lsa, turkmanistonlik Irina Velixanovaga bronza medali nasib qildi.

Shu tariqa, O`zbekiston terma jamoasi Erondagi Osiyo chempionatini ikkita oltin va bitta kumush medal bilan yakunladi. Bungacha Nadiya Dusanova va Elena Smolyanovalar musobaqada oltin medal sohibiga aylangandilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar