O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Globalizasiya davrida raqamli kun tartibi” mavzudagi forumda so`zga chiqdi.
Abdulla Aripov O`zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o`zgarishlar, raqamli texnologiyalarni turli sohalarda qo`llash, innovasiyalarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturi va boshqa narsalar haqida so`zlab berdi.
“O`zbekiston ham ildam qadamlar bilan raqamli qayta shakllanish davridan o`tmoqda: mamlakatda katta soliq imtiyozlariga ega bo`lgan innovasiyalar markazi, elektron hukumat va prezidentning elektron qabulxonasi tashkil etilgan. Prezident elektron qabulxonasi orqali bir yilda 1,6 mln fuqarolar murojaatlari qabul qilindi”, — dedi bosh vazir.
Undan tashqari soliq va bojxona to`lovlari to`liq elektron shaklga o`tkazilgan. Tashkil qilingan elektron ro`yxatga olish tizimi tufayli yangi biznes ochish vaqti 30 minutgacha qisqartirilgan.
O`zbekiston bosh vaziri fikriga ko`ra, MDHning keyingi rivojlanishi, dnyo miqyosida raqobatbardoshligini oshirishi – raqamli iqtisodning samarali joriy etilishiga bog`liq bo`ladi.
“Turli mamlakatlarda raqamli iqtisod turli yo`llar bilan va turli tezlikda rivojlanadi, lekin uning barcha uchun umumiy xususiyatlari ham bor. Bu – innovasiyalar va investisiyalar oqib kelishi uchun qulay sharoit yaratilishi”, — dedi Aripov.
Shuningdek O`zbekiston bosh vaziri odatiy moliya institutlari hamda innovasion kompaniyalarning hamkorlik qilishi uchun yagona maydon tashkil qilish tashabbusini kiritdi.
Bosh vazir fikriga ko`ra, bunday hamkorlik innovasion mahsulotlarni moliya bozorlariga birgalikda kiritish, shuningdek blokcheyn, ochiq ma`lumotlar kabi yangi texnologiyalardan samarali foydalanish mexanizmini yaratishga xizmat qiladi.






