1

Germaniyalik mutaxassislar o`zbekistonlik jurnalistlarga treninglar o`tashdi

Jamiyat 28.04.2014, 20:03
Germaniyalik mutaxassislar o`zbekistonlik jurnalistlarga treninglar o`tashdi

Xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuniga bag`ishlab o`tkazilayotgan media kunlar doirasida “Bunyodkor” yoshlar multimedia televizion majmuasida germaniyalik jurnalist Birgit Vetsel rahbarligida “Axborot materiallari, radio axborot dasturlari va ijtimoiy media-mahsulotlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish” mavzuida seminar-trening bo`lib o`tdi.

Unda nodavlat radiostansiyalarning 11 nafar ijodiy guruhi ijtimoiy radio roliklar va kundalik axborot dasturlari tayyorlash ishlari muhokama qilinadi.

Seminar-treningdan maqsad zamonaviy  axborot dasturlarini tayyorlashda nodavlat radiostansiyalarning o`zaro aloqa mexanizmini sistemalashtirish, shuningdek, nodavlat radiostansiyalar tomonidan ijtimoiy roliklarning tayyorlanishi va ularni efirga joylashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishdan iborat.                      

Mamlakatimizda “Sog`lom bola yili” Davlat dasturi doirasidagi demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonini Nodavlat telestansiyalar efirida holis va tezkor ravishda yoritish” loyihasi bugungi kunda poytaxtimizning 11 ta radiostansiyalarini jamlagan bo`lib, hamjihatlikda rus va o`zbek tillarida loyiha ishtirokchilari bo`lgan radiostansiyalar muxbirlari tarafidan «Hudud.uz», «Kun tafsiloti»  (umumiy 4 ta) dasturlari tayyorlanadi.                                                          

Loyiha doirasida ijtimoiy ahamiyatli media mahsulotlar tayyorlanib, nodavlat radiostansiya efirida madaniy-ahloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq yoshlarni tarbiyalash yo`nalishlaridagi ijtimoiy radio roliklar olib eshittiriladi. O`tkazilgan uchrashuvlarda nodavlat radiostansiyalarning ijodiy guruhlari bilan loyiha, media rejalar va mavzuli dasturlar muhokama qilinadi.

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Birgit Vetsel (Germaniya)  - Radio, TV, shuningdek, bosma OAV jurnalisti. 1955 yil Gamburgda tug`ilgan. Germaniyadagi G`arbiy Evropani o`rganish instituti Slavyan fakulteti, AQShning Kennidi institutining Shimoliy Amerikani o`rganish fakulteti va Germaniya tarixi va ijtimoiy iqtisodiy vazifalarini o`rganish fakultetlari bitiruvchisi. Germaniyaning xalqaro kengashi a`zosi. “Gamburg kema sohiblari 150 yoshda” hujjatli filmi muallifi.

Huddi shu kuni germaniyalik xalqaro ekspert Rene Folkner ishtirokida “Ijtimoiy ahamiyatli media-mahsulotlar yaratish va targ`ib qilishning zamonaviy usullari” mavzusida seminar-trening o`tdi.

Seminar 28 apreldan 2 maygacha ijtimoiy ahamiyatga ega media mahsulot tayyorlovchi ijodiy guruhlar, ya`ni poytaxt va hududiy telestansiyalar ijodiy guruhlari uchun tashkil etiladi. Tadbir  «Sachsen Fernshen GmbH & Co. Fernseh-Betriebs KG» telekompaniyasi ish boshqaruvchisi – Rene Folkner  (Germaniya) boshchiligida olib borildi.

Tadbir onlayn tarzida olib borildi. Ta`lim olishga yo`naltirilgan mazkur jarayonni seminar uchun maxsus yaratilgan veb-sayt orqali ham kuzatish mumkin.

“Ijtimoiy ahamiyatga ega media-mahsulotlar yaratish va targ`ib qilishning zamonaviy usullari” mavzusidagi seminar-trening ko`zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy ahamiyatli media mahsulotlarini tayyorlashda xalqaro tarjibani keng targ`ib qilish. Tayyorlangan materiallarni ko`rib chiqish va taqdimot marosimi 2 may kuni Xalqaro konferensiya doirasida o`tkaziladi.

Loyiha maqsadi “Sog`lom bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan vazifalarga bag`ishlangan ijtimoiy ahamiyatli tele-radio roliklarni tayyorlash va O`zEOAVMA a`zolari efiriga joylashtirishning yagona mexanizmini yaratishdan iborat.

Shunday amaliy seminar treninglardan biri 2014 yilning 4-6 mart kunlari “Kamolot” YoIH qoshidagi “Bunyodkor” yoshlar teleklubi onlayn trening markazida o`tkazildi. Trening ijtimoiy ahamiyatli media mahsulotlar tayyorlashning zamonaviy usullariga bag`shlangan bo`lib, uning yakunida onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda o`sib kelayotgan avlodning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasiga oid ijtimoiy media mahsulotlar tayyorlandi. Loyiha boshlangandan buyon 100 dan ortiq televizion va 90 radio roliklar tayyorlandi va ular kabel va hududiy telestansiyalarda 8000 marotabadan ziyod, radiostansiyalarda 600 marotabadan ko`p efirga uzatildi.

Ta`kidlab o`tish joizki, qator xalqaro tashkilotlar O`zEOAVMAga qilgan tashriflari davomida assosiasiyaning faoliyatiga, tayyorlanayotgan media mahsulotga o`zlarining yuqori bahosini berishgan.

Hususan, 2014 yilning 3 aprelida EXHTning O`zbekistondagi loyihalari bo`yicha koordinatori Derd Sabo quyidagicha fikr bildiradi: “Biz ko`rgan va ayni damda kabel televideniesi orqali namoyish etilayotgan ijtimoiy telemahsulot o`zining sifati va mazmuni bilan bizga juda yoqdi, o`ylaymanki bu kabi loyihalar jamiyat uchun dolzarblik kasb etadi va biz ham bu borada hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz”.

4 aprel kuni YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi boshlig`i Krista Pikkat hududiy jurnalistlar bilan o`tkazilgan telemuloqotda quyidagilarni ta`kidlab o`tdi: “Menimcha, kabel televideniesi orqali efirga uzatilayotgan ijtimoiy roliklar respublika aholisi uchun muhim xabar (messej)ni o`zida jamlagan. Ayni shu xabar odamlarni madaniy va ma`rifiy qadriyatlarni ommalashtirishga chorlaydi”.

K.Adenauer fondining hududiy koordinatori Tomas Kunse ham jumladan shunday dedi: “Yoshlar studiyalarining faoliyati kundan kun takomillashmoqda, jurnalistlarning ijodiy salohiyati va malakasi oshmoqda, bunga esa  davomli ravishda olib borilayotgan seminar treninglar sababchi. Biz xalqaro trenerlarni jalb qilishda hamkorlik qilishdan xursandmiz”.

Ma`lumot o`rnida: Rene Falkner 1974 yil 21 aprelda Leypsig shahrida tug`ilgan. Leypsig shahridagi universitetni “Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish” mutaxassisligi  bo`yicha tamomlagan. Ingliz, ispan va fransuz tillarini biladi. 2000 yildan bugungi kungacha «Sachsen Fernsehen» (internet, reklama, OAV, televidenie, media-mahsulotlar bo`yicha javobgar) telekompaniyasida ish boshqaruvchi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1