Avval xabar berganimizdek, boks bo`yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kuni Kubada “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o`tkazadi.
Bugun erta tongda “Uzbek Tigers” jamoasi a`zolari – Xudoynazar Fayzov, Shunqor Abdurasulov, Mahmud G`oipov, Madiyar Saydraximov va Bahodir Jalolov kabi Kubaga jo`nab ketishdi.
“Cuba Domadores”ga qarshi o`tadigan bellashuvlarda bokschilarimizga bosh murabbiyi To`lqin Qilichev va murabbiy Ravshan Xo`jaev yordam beradi.
Ma`lumot uchun: Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro`yxatga o`zgartirish kiritishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o`tkaziladi.






