1

Boy bo`lishni istaganlar uchun: BIZNES LOYIHA - MUVAFFAQIYaTGA ERIShISh KALITI

Jamiyat 29.04.2014, 14:55
Boy bo`lishni istaganlar uchun: BIZNES LOYIHA - MUVAFFAQIYaTGA ERIShISh KALITI

Ko`proq pul topishni kim istamaydi, deysiz. Bu haqda insoniyat pulga ehtiyoji tug`ilgan davrlardan boshlab izlanadi. Omadga erishish uchun esa har doim ham sarmoya emas, ijodkorlik, jasorat va tasavvur kerak...

Ammo bunda qanday amaliy ishlar qilish va qaysi yo`l bilan pul topish har bir odamning oldida turgan muhim masala bo`lishi tabiiy.

“TADBIRKORLIK – IMKONSIZ” EMAS

Kuzatuvlar shuni ko`rsatmoqdaki, davlatimiz tomonidan bizga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishda aksariyat hollarda bexabar qolmoqdamiz. Bu imkoniyatlardan foydalanib, hayotda o`z o`rniga ega bo`lib, nafaqat o`ziga, balki boshqalar uchun ham foyda berayotgan tadbirkorlar ham bizning oramizdan chiqayotganini aytib o`tish joiz. Biznesimizni tashkillashtirishda oldimizdagi asosiy to`siq, bu avvalo – o`z bilimsizligimiz va ishonchsizligimizdir. Chunki ba`zi vatandoshlarimiz ongida xususiy mulk, tadbirkorlik va tijorat kabi tushunchalar murakkab va katta boylikka ega bo`lgan odamlargina shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyatdek shakllanib qolgan. Shuning uchun ham yoshlarimizning tadbirkorlikka bo`lgan qiziqishlarini avvalo oiladagi muhit va bu sohaga nisbatan shakllangan noto`g`ri tushuncha so`ndirib qo`ymoqda. Go`yoki tadbirkorlik – imkonsiz, har xil to`siqlarga to`la, turli tekshiruvlar girdobida qoladigan faoliyat kabi. Aslida qanday imkoniyatlar yaratilganligini bilish, eshitish va amalga oshirish ular uchun havodagi gapdek go`yo.

BIZNESGA BIRINChI QADAM

Yaqinda «ELMADAD» tashkiloti tomonidan «Biznes boshlash uchun 202 loyiha» kitob tayyorlandi. O`z faoliyatini yuritishni xohlaganlar ushbu kitobdagi 202 ta loyihalardan foydalanib, biznes olamiga qadam qo`yishlari mumkin bo`ladi. Loyihalarni tayyorlashda sohaning o`ziga xos yangiliklari va ko`pchilik uchun noma`lum bo`lgan ma`lumotlardan foydalanilgan.

Ish qidirayotganlar, bitiruvchilar, o`z farzandining kelajagi haqida qayg`urayotgan ota-onalar, biznesini yanada rivojlantirish istagidagi tadbirkorlar, tadbirkorlikni keng yoyish harakatidagi mahalla fuqarolar yig`ini raislari va ish o`rnini tashkillashtirishni rejalashtirgan mutasaddi tashkilot rahbarlari ushbu kitobdan xabardor bo`lib, undagi ma`lumotlardan o`z ehtiyojlari uchun foydalanishlari mumkin.

ODDIY TAOMDAN MURAKKAB BIZNES LOYIHALARGAChA

Kitobning kirish qismida taraqqiyotning O`zbek modeli tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishdagi bosqichlar, elmadad.uz sayti va reklama turlari haqida to`xtalib o`tilgan.

Asosiy qismda bugungi kunda dolzarb va juda kerakli mavzu - biznes boshlash uchun loyihalar keltirilgan. Unda oddiy taom tayyorlab sotishdan tortib murakkab biznes loyihalargacha taqdim qilingan. Yurtimizdagi har bir insonning istagan yo`nalishi bo`yicha o`ziga kerakli ma`lumotlarni loyihalar orasidan topa oladi.

Kitob auditoriyasi 9-sinfni bitirgan o`quvchidan boshlab katta yoshda bo`lgan kishilarni qamrab oladi.

MUAMMOGA EChIM TOPING!

Ushbu kitob orqali quyidagi muammolarni hal qilishingizga ishonamiz:

  • Kitobdagi loyihalar banklardan kredit olishingizda o`z xizmatini ko`rsatishi;
  • Firmangizni Davlat ro`yxatidan o`tkazishda siz uchun qulay bosqichlar;
  • Oilaviy tadbirkorlikda qo`l keladigan biznes haqidagi noyob ma`lumotlar;
  • Siz yoqtirgan biznes loyiha yordamida grant olish imkoniyati;
  • Chet elga pul topish maqsadida ketib, ayanchli holatga tushmaslik uchun oilasi bag`rida o`z biznesini tashkillashtirish;
  • Boshlang`ich mablag`siz biznes uchun g`oyalar;
  • Kollej bitiruvchilari o`z do`stlari bilan hamkorlikda egallagan kasblari asosida biznes tanlab yosh tadbirkorlar safiga qo`shish.

Sarvar Safarov

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1