1

O`zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 16 pog`ona yuqoriladi

Siyosat 05.02.2018, 16:17
O`zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 16 pog`ona yuqoriladi

AQShning «The Heritage Foundation» tadqiqot markazi erkin iqtisodiyotga ega davlatlar reytingini e`lon qildi. Unda O`zbekiston 51,5 ball bilan 152-o`rindan joy oldi. Bu haqida «Sputnik» xabar berdi.

O`tgan yilgi reytingda O`zbekiston 166-o`rinda (46 ball) joylashgandi.

Sobiq ittifoq davlatlari reytingda quyidagi o`rinlarda joylashdi: Estoniya (7), Gruziya (16), Litva (19), Latviya (28), Qozog`iston (41), Armaniston 44), Ozarbayjon (67), Qirg`iziston (78), Moldova (105), Tojikiston (106), Rossiya (107), Ukraina (150), Turkmaniston (169).

Reytingning birinchi pog`onasidan qatorasiga 24-marta Gonkong joy oldi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi 1995 yildan buyon «Wall Street Journal» va «Heritage Foundation» tadqiqot markazi tomonidan e`lon qilib kelinadi. «Heritage Foundation» ekspertlari iqtisodiy erkinlikni «hukumatning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, tarqatish hamda iste`mol qilish ishlariga aralashmasligi yoki to`sqinlik qilmasligi, fuqarolar muhofazasi va erkinligini ta`minlash bundan mustasno» deya ta`riflashadi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi ko`rsatkichlari biznes, soliq, savdo, pul, investisiya, moliya, mehnat munosabatlari erkinligi, mulk huquqining himoyalanganligi va hukumat aralashuvidan hamda korrupsiyadan xoli bo`lish mezonlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Ushbu indeks bo`yicha mamlakatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: erkin — 80−100 ball, asosan erkin — 70−79,9 ball, o`rtacha erkin — 60−69,9 ball, asosan erkin bo`lmagan —50−59,9 ball va bosim ostidagi iqtisodiyot — 0−49,9 ball.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1