1

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

Siyosat 06.02.2018, 09:19
O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi, deb xabar qildi O`zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"2018-yilning 6-7-fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Tahqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo`ladi", — deb ta`kidlangan xabarda.

Tashrif dasturiga ko`ra XXR Tashqi ishlar vaziri Van Yi, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o`tkaziladi.

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O`zbekiston-Xitoy muloqotini yanada faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqa va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1