AsosiyJamiyat

Ikki oyda O`zbekistondan Umra safariga 8736 nafar ziyoratchi boradi

'Ikki oyda O`zbekistondan Umra safariga 8736 nafar ziyoratchi boradi'ning rasmi

Joriy yilning 1 fevralidan «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi «Umra. Bahor-2018» dasturi doirasida qatnovlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar berdi

Ushbu dastur doirasida Toshkent—Jidda—Toshkent yo`nalishi bo`yicha jami 46 ta qatnov amalga oshirilib, unda 8736 nafar ziyoratchini Boeing-767 samolyotlarida belgilangan manzilga eson-omon etkazish rejalashtirilgan.

Milliy aviatashuvchi mutaxassislari tomonidan «kichik haj» amaliga puxta hozirlik ko`rish bilan birga ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish, yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko`rsatish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Jumladan, ziyoratchilar bilan ishlovchi maxsus guruh tashkil etilgan. Shuningdek, sahn taomnomasiga ham alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, undan halol go`sht mahsulotlari, quruq mevalar, turli salatlar, sarxil mevalar va shirinliklar o`rin olgan.

Milliy aviakompaniyaning barcha tarkibiy bo`linmalari mazkur dasturni amalga oshirishga tayyor ekanini ko`rsatmoqda.

«Umra. Bahor-2018» dasturi shu yilning 29 martiga qadar davom etishi ko`zlangan.

    Boshqa yangiliklar