Primore o`lkasi jamoatchilari Vladivostokdagi ko`chalarning biriga Suriyada halok bo`lgan rossiyalik uchuvchi Roman Filippov nomini berishni taklif etishmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Primore o`lkasi "Grajdanskiy patrul" tashkiloti jamoatchilari Vladivostokdagi ko`chalarning birini Suriyada halok bo`lgan rossiyalik uchuvchi Roman Filippov nomi bilan atashni so`rashmoqda.
Tegishli murojaatnoma kuni kecha 5 fevral kuni Vladivostok rahbari Vitaliy Verkeenko va Duma raisi Andrey Brik nomiga yuborilgan.
Jamoatchilar O`zbek ko`chasi, Xiva ko`chasi yoxud yangi qurilayotgan "Snegovaya Pad" mikrorayonidagi nomsiz ko`chani variant tarzida ko`rib chiqishni so`ramoqdalar, deb yozgan nashr.
Shaharning bir qismiga Vatan himoyachisi nomi berilishi uning xotirasiga bo`lgan hurmatni asrlar davomida saqlab qolajak, degan fikrdamiz, deya ta`kidlagan "Grajdanskiy patrul" faollaridan biri Andrey Kolov.
Eslatib o`tamiz, 3 fevral kuni Rossiyaning Su-25 samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirildi. Uchuvchi samolyotni tark etishga ulgurgan, lekin jangarilar bilan bo`lgan jangda qurbon bo`lgan. Samolyot "Jabhat-an-Nusra" jangarilari tomonidan, ko`chma zenit-raketa qurilmasi yordamida urib tushirilgan.
Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli bo`lgan samolyot Idlib viloyatidagi tinchlik o`rnatish hududi ustidan navbatchi parvoz amalga oshirayotgan vaqtida zarbaga uchragan.
Harbiy Primore o`lkasida xizmat qilgan, u erda uning oilasi qolgan. Primore o`lkasi gubernator o`rinbosari Andrey Tarasenko halok bo`lgan uchuvchining oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor qilgan, va uchuvchining mintaqada xizmat qilganini va u "hujum aviasiyasi shunqori" bo`lganini tasdiqlagan.