AsosiyMadaniyat

Qozog`istonda o`zbek kinosi kunlari o`tkaziladi

'Qozog`istonda o`zbek kinosi kunlari o`tkaziladi'ning rasmi

Qozog`istonda davom etayotgan O`zbekiston yili davomida o`zbek kinosi kunlari tashkil etiladi. Shuningdek, o`zbekistonlik kinematografistlar tomonidan yaqin kunlar ichida Qozog`iston haqida turli janrlarda kartinalar suratga olinadi. Bu haqda “O`zbekkino” milliy agentligi rahbariyatining Qozog`iston elchisi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvida ma`lum qilindi.

Tomonlar madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish bo`yicha maxsus “yo`l xaritasi” ishlab chiqish masalalari, shuningdek, kinosanoat sohasidagi hamkorlikning asosiy yo`nalishlari va maqsadlarini muhokama qildilar. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun ikki davlatning professional ssenariynavislari, kinorejissyorlari va tasvirchilaridan iborat ijodiy guruh tuzildi.

    Boshqa yangiliklar