1

Toshkent viloyatida yashovchi imkoniyati cheklangan bolalarga nogironlik aravachalar topshiriladi

Jamiyat 01.05.2014, 10:57
Toshkent viloyatida yashovchi imkoniyati cheklangan bolalarga nogironlik aravachalar topshiriladi

1 may kuni O`zbekiston Badiiy Akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 14 nafar imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbiri o`tkazildi.

Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus nogironlik aravachalari va uning ehtiyot qismlari topshirildi. Taqdim etilgan nogironlik aravachalari AQShning “AmeriCares” xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan.

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi muruvvat yo`nalishida xayriya tadbirlarini amalga oshirish, o`z Nizomi hamda Davlat dasturlarining ijrosini ta`minlash maqsadida Respublikamizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari, maxsus-maktab internatlari tarbiyalanuvchilarini qo`llab-quvvatlash uchun dori-darmon, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiena vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat, nogironlik aravachalari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlarini topshirib kelmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom bola yili” Davlat dasturining 56-bandiga muvofiq, bolalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, imkoniyatlari cheklangan bolalarga 550 ta nogironlar aravachasi va ortopedik anjomlar ajratish borasida “Sog`lom avlod uchun” fondi bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Joriy yil davomida “Sog`lom avlod uchun” fondiga xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan dori-darmon, tibbiyot anjomlari, multivitaminlar, nogironlik aravachalari, vitaminlashtirilgan quritilgan sabzavot sho`rvasi ko`rinishidagi muruvvat yordamlari va boshqalar keltirildi. Ushbu muruvvat yordamlari fondning hududiy filiallari, joylardagi sog`liqni saqlash boshqarmalari orqali respublikamizdagi tibbiy va maxsus bolalar muassasalari shuningdek kam ta`minlangan va ijtimoiy muhofazaga muxtoj aholi qatlamlariga topshirildi.

Fondning muruvvat yo`nalishidagi xalqaro hamkorlaridan biri hisoblangan “AmeriCares” xalqaro tashkiloti bilan 18 yil mobaynida hamkorlik qilib kelinadi. Birgina 2014 yilning 4 oyi davomida davomida xalqaro tashkilotlar tomonidan 9 ta muruvvat yuklari qabul qilingan bo`lsa, shundan, 7 tasi AQShning “AmeriCares” xalqaro tashkiloti tomonidan yuborilgan. Ushbu tashkilot tomonidan joriy yilda umumiy qiymati 23 803,8 AQSh dollariga teng bo`lgan 550 ta nogironlar aravachalari yuborilgan bo`lib, bugungi kunda fond va uning hududiy filiallari orqali kam ta`minlangan oila farzandlari hamda imkoniyati cheklangan fuqarolarga topshirilmoqda va biz bugun buning guvohi bo`ldik.

Ushbu xalqaro tashkilot tomonidan 2010-2014 yillar davomida jami 2750 dona nogironlik aravachalari yuborilgan bo`lib, ular joylardagi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish va Sog`liqni saqlash boshqarmalari, Xotin-qizlar qo`mitalari va “Mahalla” fondi bo`limlari orqali tarqatildi.

Bo`lib o`tgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Xalq ta`limi va Sog`liqni saqlash vazirliklari, “Mahalla” fondi hamda Kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1