Tashqi savdo vazirligi qoshida ekspert kengashi tashkil etilmoqda

Iqtisodiyot 07.02.2018, 09:05
Tashqi savdo vazirligi qoshida ekspert kengashi tashkil etilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida eksportchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, logistika tizimini rivojlantirish va tashqi savdoni hajmini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida maxsus Ekspert kengashi tashkil etilishi rejalashtirmoqda.

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev taklif qilgan konsepsiyaga muvofiq, ushbu kengash mutaxassislar jamoasidan, shu jumladan, to`g`ridan-to`g`ri vazirlik xodimlari va xususiy sektordan vakillaridan tuziladi. Kengash qoshida alohida yo`nalishlarga qaratilgan ishchi guruhlar tuzilishi rejalashtirilmoqda, shu jumladan:

1. Eksport va importni amalga oshirish bilan bog`liq jarayonlar ketma-ketligini kompleks, ob`ektiv va tanqidiy tahlilini amalga oshirish; Xalqaro savdoga to`sqinlik qiluvchi to`siqlarni aniqlash;
2. Hozirgi vaziyatni tahlil qilish; transport va logistika tizimini takomillashtirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish
4. Xususiy sektor, ekspertlar jamoasi va O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi o`rtasida fikrlar va takliflar almashishga yordam beradigan tadbirlarni tashkil etish.

Mutaxassislarning normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va o`zgartirishlar kiritish jarayonlarida ishtirok etishining ahamiyati alohida ta`kidlab o`tildi.

Ekspert kengashining tarkibi tanlov shartlari asosida, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishlarni kompleks baholash va tegishli sohalarda professional tajribaga ega nomzodlar orasidan tanlab olish orqali aniqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1