AsosiySport

Denis Istomin “Diema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining ikkinchi davrasida

'Denis Istomin “Diema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining ikkinchi davrasida'ning rasmi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Bolgariyaning Sofiya shahrida o`tkazilayotgan “Diema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining birinchi davrasida mezbon tennischisi Adrian Andreev bilan raqobatlashdi.

Denis mazkur o`yinda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi u musobaqaning ikkinchi bosqichida latviyalik Ernest Gulbis va serbiyalik Viktor Troiski uchrashuvi g`olibiga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, musobaqaning ilk davrasida Lukash Lasko (Slovakiya) hamda Joao Souza (Portugaliya) g`alaba qozondi.

    Boshqa yangiliklar