1

Lisenziyasiz faoliyat ko`rsatgan haydovchilarga nisbatan 2,5 milliard so`m miqdorida jarimalar qo`llanildi

Jamiyat 01.05.2014, 12:07
Lisenziyasiz faoliyat ko`rsatgan haydovchilarga nisbatan 2,5 milliard so`m miqdorida jarimalar qo`llanildi

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, sohada erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida yo`lovchi tashish yo`nalishlari ochiq tender tanlovlari orqali amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning o`tgan davrida 27 tender o`tkazilib, yo`lovchi tashish bo`yicha 225 yo`nalish joylashtirildi. Agentlik va uning hududiy bo`limlari tomonidan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga 727 lisenziya va 44 ming 700 ga yaqin lisenziya varaqasi berildi. 
Ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi kunda avtotransport tizimida 4300 dan ortiq yo`lovchi tashish yo`nalishi faoliyat ko`rsatmoqda. Mazkur yo`nalishlarning 1000 dan ortig`i shahar, 2700 ga yaqini shahar atrofi va 640 ziyodi shaharlararo yo`nalishlardir.
Viloyatlarda hokimliklar bilan birgalikda yo`nalishlarda yo`lovchilar oqimi va aholining yo`lovchi tashish xizmatiga bo`lgan ehtiyojlari to`liq o`rganilib, avtokorxonalardagi mavjud transport vositalarini yangilashda amaliy yordam ko`rsatilmoqda. Yanvar-mart oylarida Farg`ona viloyatida 82, Toshkent viloyatida 13 va Navoiy viloyatida 4 “ISUZU” rusumli avtobus lizing asosida xarid qilinib, shahar va shahar atrofi yo`nalishlariga yo`lovchi tashish uchun qo`yildi.
Tizimda yo`l harakati xavfsizligi xizmati va davlat soliq organlari bilan muntazam hamkorlik o`rnatilgan. Mazkur tashkilotlar bilan birgalikda o`tkazilgan mingdan ortiq qo`shma reyd davomida 16 ming 693 holatda avtotransport egalarining lisenziyalash sohasida qonunbuzilishlarga yo`l qo`ygani aniqlandi. Natijada lisenziyasiz faoliyat ko`rsatgan shaxslarga nisbatan 2 milliard 548 million so`m miqdorida jarimalar qo`llanildi.
Agentlikda daryo transportini hisobga olish, klassifikasiyalash, texnik holatini nazorat qilish va belgilangan muddatlarda texnik ko`rikdan o`tkazish maqsadida 10 korxona bilan o`zaro shartnomalar tuzildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1