AsosiyJamiyat

Forish tumani hokimi yoshlarga 3 mingta kitob sovg`a qildi

'Forish tumani hokimi yoshlarga 3 mingta kitob sovg`a qildi'ning rasmi

Jizzax viloyati Forish tumani hokimi Abduvali Mustanov aholi, yoshlar bilan o`tkazgan uchrashuvlarda ishtirokchilarga kitob sovg`a qilishni an`anaga aylantirdi. Yanvar oyida o`tkazilgan shunday uchrashuvlarda ishtirokchilarga hokim o`z dastxati bilan 3 mingta kitob sovg`a qildi, deb yozadi O`zA.

Sovg`a uchun kitoblarni hokimning o`zi shaxsan tanlaydi. Sovg`a qilingan kitoblar orasida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, To`ra Sulaymon, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdieva, Ernest Xeminguey, Paulo Koelo kabi o`zbek va jahon mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy milliy va xorijiy ijodkorlar asarlari bor.

Hozirgacha hokimning kitob sovg`asiga 16 million so`m sarflandi. Hokim har bir qishloq, mahallada kitobxonlikni yo`lga qo`yish maqsadida barcha fuqarolar yig`ini qoshida kutubxona tashkil etmoqchi.

    Boshqa yangiliklar