Aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan suhbatda “Shohruxxon bilan tez–tez hamkorlik qilib turasiz. Yo o`zaro shartnoma bormi o`rtangizda?” degan savolga u quyidagicha javob berdi.
— Shohruxxonga hech qachon gonorar haqida gapirmaganman, bu ijodkor bilan ko`p yillik do`stmiz. Gonorar masalasini uning o`zi hal qiladi va men bunga qarshi emasman. O`rtamizda hech qanday shartnoma yo`q, shunchaki bir–birimizni qo`llab–quvvatlaymiz. Ekranda bir–biriga mos tushadigan partnyorlar bo`ladi. Biz Shohruxxon bilan shundaymiz. Єolaversa, ikkimiz rol o`ynagan musiqiy ketma–ketlik tez fursatlarda ommalashyapti.