1

Toshkentda professional avtopoygachi ishtirokida kuchli avtohalokat yuz berdi

Jamiyat 01.05.2014, 14:00
Toshkentda professional avtopoygachi ishtirokida kuchli avtohalokat yuz berdi

30 aprel kuni kechqurun Yakkasaroy tumanining Grand Mir mehmonxonasi aylana yo`lida avtomobil halokati yuz berdi. Unda Chevrolet Lacetti va Subaru sport avtomobili o`rtasida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Podrobno nashrining Facebook ijtimoiy tarmog`ining «Voditeli Tashkenta» guruhi ishtirokchilari ma`lumotlariga tayangan holda xabar berishicha, Halokat ishtirokchilaridan biri Subaru haydovchisi turli poyga musobaqalarida ishtirok etgan professional avtopoygachi bo`lib chiqdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, qurbonlar yo`q. Hodisa qurbonlari engil jarohat bilan qutilib qolishgan, hozirda voqea sabablari o`rganilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1