1

Abdulaziz Komilov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Siyosat 07.02.2018, 16:55
Abdulaziz Komilov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2018 yilning 7 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 11-13 maydagi davlat tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Suhbat chog`ida vazirlar tomonidan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg`oniston bo`yicha bo`lajak konferensiya kun tartibiga alohida e`tibor qaratildi. Konferensiya O`zbekiston va Afg`onistonning qo`shma tashabbusiga ko`ra Toshkent shahrida o`tkaziladi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1