AsosiySport

Shohjahon Ergashev AQSh tomon yo`l olmoqda

'Shohjahon Ergashev AQSh tomon yo`l olmoqda'ning rasmi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) O`zA muxbiriga xabar berishicha, joriy yilning 13 fevral kuni AQShning Detroyt shahriga jo`nab ketadi.

U Detroytda o`zining navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko`radi. Hozirda unga kim raqib bo`lishi aniq emas. Biroq Shohjahonning so`zlariga ko`ra, yaqin kunlarda navbatdagi bellashuvda kimga qarshi ringga ko`tarilishi aniq bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan haftada Shohjahon Jahon boks uyushmasi (WBA)ning reytingida 12-pog`onaga ko`tarilib olgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar