1

Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyip Erdog`anni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga taklif etdi

Siyosat 08.02.2018, 07:30
Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyip Erdog`anni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga taklif etdi

7 fevral kuni Shavkat Mirziyoevning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi, deb xabar qiladi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Suhbat chog`ida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017 yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi samarali tashrif ko`p qirrali va o`zaro manfaatli o`zbek-turk hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mazkur kelishuvlarni hayotga to`liq va muddatida tatbiq etish, muhim loyihalarni jadallashtirish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari o`rtasida muntazam ravishda muloqotlar olib borilishi va uchrashuvlar o`tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

Shu o`rinda Rejep Tayyip Erdog`an O`zbekistonda Turkiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etish bo`yicha qaror qabul qilinganini yuqori baholab, davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorligini bildirdi.

Suhbat davomida xalqaro va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari mintaqada tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni ta`minlash maqsadida joriy yil mart oyida Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilayotgan Afg`onistonda tinchlikka erishish bo`yicha xalqaro konferensiyaga Turkiya Respublikasining delegasiyasini taklif etdi.

O`z navbatida, Rejep Tayyip Erdog`an ushbu tashabbusni yuksak baholab, uni amalga oshirishni to`liq qo`llab-quvvatlashi hamda mazkur tadbirda Turkiyadan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishini bildirdi.

Muloqot so`ngida ikki davlat rahbarlari O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi azaliy do`stlik va qardoshlik aloqalari hamda an`anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Shavkat Mirziyoev Rejep Tayyip Erdog`anni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga taklif etdi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1