1

Sun`iy urug`lantirishning hukmi qanday? Diniy idora fatvo e`lon qildi

Hidoyat sari 08.02.2018, 08:09
Sun`iy urug`lantirishning hukmi qanday? Diniy idora fatvo e`lon qildi

Sun`iy urug`lantirish to`g`risida ko`plab murojaatlar bo`layotganini inobatga olib, O`zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan maxsus fatvo ishlab chiqildi.

«Haqiqatan ham, shu kunlarda ushbu mavzu kun tartibiga chiqdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Hatto, ayrimlar etti yot begona insonning urug`idan homilador bo`lib, qilgan ishi joiz emasligini bilgach, endi nima qilaman, deb bosh qotirayotgani ko`pchiligimizga ma`lum. Shu nuqtai nazardan, sun`iy urug`lantirish borasida dinimiz ta`limotida nima deyiladi, qanday usuli joiz-u, qaysinisi harom? Mo`min-musulmonlar ham bu usullardan foydalansa bo`ladimi? Shu kabi savollarga batafsil javob beruvchi, ushbu masalalarga aniqlik kirituvchi barcha hukm va ko`rsatmalarni o`z ichiga olgan fatvo ishlab chiqish va xalqimizga etkazish bo`yicha ulamolar qator izlanishlarni olib bordi», — deyiladi xabarda.

Jumladan, O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo`limi mudiri Homidjon qori Ishmatbekov o`tgan yilning 16–17 dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo`lib o`tgan Evrosiyo islom kengashi fatvo assambleyasining ikkinchi yig`ilishida ishtirok etdi. Ushbu yig`ilish kun tartibida aynan sun`iy urug`lantirish va homilaga taalluqli masalalar muhokama qilindi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari mazkur mavzu doirasidagi barcha jihatlarni o`rganib chiqqandan keyin «Sun`iy urug`lantirish haqida»gi fatvoni e`lon qildi.

Mazkur masalada O`zbekiston musulmonlari idorasi quyidagi fatvoni berdi:

  1. Sun`iy urug`lantirish amaliyotini o`ta zarur holatda va faqat o`rtalarida shar`iy aqdi nikohlari bo`lgan er-xotinlar orasidagina amalga oshirish mubohdir.
  2. Sun`iy urug`lantirish amaliyoti uchun o`rtalarida shar`iy aqdi nikohlari bo`lgan erkak va ayolning urug`larini saqlashda begona shaxslarniki bilan aralashib ketmasligi uchun barcha ehtiyot choralarini ko`rish va albatta, uni ishonchli tabib amalga oshirishi shart.
  3. O`rtalarida nikoh bo`lmagan erkak va ayol o`rtasida sun`iy urug`lantirish amaliyotini o`tkazish shar`an man etiladi.
  4. Dinu diyonatiga bee`tibor bo`lmagan, naslu nasabining pok bo`lishini muhim deb bilgan mo`min-musulmonlar sun`iy urug`lantirishning man etilgan usulidan foydalanishdan hazarda bo`lsin.

Fatvoning to`liq matni bilan Diniy idora saytida tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1