Toshkent shahrida Bahodir Isroilov, Furqat Azizlarxo`jaev, Dilshod Qilichev va Shahboz Ichaqov o`zaro til biriktirib, 50 ming so`mlik kupyuralarni qalbakilashtirish bilan shug`ullanib kelgani aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma`lum qildi.
Ular jami 100 dona shunday qalbaki pul tayyorlagan va bundan 3,6 million so`mini ehtiyoji uchun sarflashga ham ulgurgan.
7 fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir jarayonida mazkur guruh Yashnobod tumani joylashgan do`konda mahsulot xarid qilmoqchi bo`lgani aniqlanib, ushlandi va ulardan 1,4 million so`m miqdoridagi qalbaki pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan JKning 176-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o`tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog`ozlar yasash va ularni o`tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.