Angliyaning “Bolton”, “Blekbern” va “Liverpul” jamoalari sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi El Hoji Diuf kelgusida Senegalda Prezident bo`lishni istayotgani haqida aytib o`tdi.
“Senegal xalqi, men mamlakat hayotini yaxshi tomonga o`zgartirishimga umid qilmoqda. Men ularning bu maqsadini ro`yobga chiqarish uchun yaqin ikki yil ichida siyosat bilan shug`ullanaman va xuddi futbolda bo`lgani singari ko`p narsalarni o`zgartirishga harakat qilaman. Men murabbiy bo`lish uchun izlandim, biroq bu qarorimdan qaytdim. Sababi, menda undanda ajoyib va yaxshiroq rejalar paydo bo`ldi”, - deydi Diuf.
Diufning bu qarorga kelishida “PSJ” va “Milan”ning sobiq hujumchisi Jorj Vea Liberiya Prezidenti bo`lgani katta sabab bo`ldi.






