1

Vestminster universitetiga hujjatlarni endi uydan turib topshirish mumkin

Jamiyat 02.05.2014, 11:52
Vestminster universitetiga hujjatlarni endi uydan turib topshirish mumkin

Shu yildan boshlab Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga kirish istagida bo`lgan abiturientlar kirish imtihonlarini topshirish uchun oliy o`quv yurt saytida onlayn-ro`yhatdan o`tishlari mumkin bo`ladi.
Avvallari viloyatlardagi abiturientlar ro`yhatdan o`tish uchun Toshkentga kelishlari shart edi, keyin esa yana uyga qaytib, imtihonga keyinroq kelishlari kerak edi.

Shularni inobatga olgan holda, universitet tomonidan WUIT Math Entrance Exam Online Registration System tizimi yaratildi. Bu universitet abiturientlariga onlayn hujjat topshirish imkonini yaratdi, deya xabar beradi Anhor.uz.

Buning uchun hujjatlarni skannerdan o`tkazib yuborish kifoya. Shundan so`ng abiturientga ruhsatnoma tashkil etilib uni imtihon kuni yoki undan oldin olish mumkin bo`ladi. Imtihon natijalari elektron pochta orqali yuboriladi.
Batafsil ma`lumotlarni universitet saytidan olish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1