1 may kuni "Afruz" guruhi yakkaxoni Muzaffar Bobojonov bo`ydoqlar qatorini tark etdi.
Xonandaning nikoh to`yi Navro`z restoranida bo`lib o`tdi. Kecha mehmoni bo`lgan Sardor Rahimxon tvitterdagi o`z sahifasida juftlik bilan tushgan suratini joylagan va Muzaffarga baxt tilagan.
Kechani olib borish vazifasi Nilufar Sotiboldieva va Rixsittila Abdullaevga topshirildi.
Marosim mehmonlari qatoridan Ozodbek Nazarbekov, Rashid Xoliqov, Ulug`bek Rahmatullaev, Adiz Rajabov, Shod guruhi, Aziz Rajabiy, Mango guruhi, Shoira Otabekova, Umida, Amira Alibekova, Tamilla, Halima Ibragimovalar ham bor edi.
Biz ham o`z navbatida yangi oilaga baxt tilab qolamiz.