AsosiySport

Pxyonchxanda O`zbekiston bayrog`i hilpiray boshladi

'Pxyonchxanda O`zbekiston bayrog`i hilpiray boshladi'ning rasmi

Pxyonchxandagi Olimpiya shaharchasida O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`ini ko`tarish rasmiy marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.

Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol assosiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, musobaqa tashkiliy qo`mitasi, delegasiya a`zolari, Pxyonchxan Olimpiya shaharchasi meri, stol tennisi bo`yicha Olimpiya va Osiyo o`yinlari chempioni, jahon chempionati va kubogi sovrindori Ryu Sing Min ishtirok etishdi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg`alarini topshirdi.

V Pxenchxane podnyat flag Uzbekistana

Ushbu o`yinlarda O`zbekiston sharafini figurachi Misha Ge va tog` chang`ichisi Komil To`xtaev himoya qilishadi. Komil To`xtaev ertaga bo`lib o`tadigan tantanali ochilish marosimida delegasiya bayroqdori vazifasini bajaradi.

    Boshqa yangiliklar