Bugun, 9 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimi o`tkaziladi.
To`rt yillikning eng nufuzli sport musobaqalaridan biri bo`lgan qishki Olimpiya o`yinlarida dunyoning 90 davlatidan 6.500 nafardan ortiq sportchi 15 ta qishki sport turlari bo`yicha g`oliblik uchun raqobatlashadi. Unda mamlakatimiz sharafini figurali uchish bahslarida Misha Ge va tog` chang`isi bo`yicha Komiljon To`xtaevlar himoya qiladi.
“Olimpiya” stadionida o`tkaziladigan musobaqaning ochilish marosimida tog` chang`isi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Komil To`xtaev delegasiyamiz bayrog`ini baland ko`taradi.
Eslatib o`tamiz, 25 fevralga qadar davom etadigan mazkur musobaqada Misha Ge 16 fevral kuni boshlanadigan figurali uchishning qisqa dasturida, 17 fevralda esa erkin dastur bo`yicha bahslarga kirishadi. Komiljon To`xtaev 18 fevral kuni tog` chang`isining gigant slalom, 22 fevralda slalom bo`yicha o`tadigan musobaqalarda omadini sinab ko`radi.






