1

Shavkat Mirziyoev barpo etilayotgan “Navro`z” madaniyat va istirohat bog`i loyihalari bilan tanishdi

Siyosat 09.02.2018, 13:00
Shavkat Mirziyoev barpo etilayotgan “Navro`z” madaniyat va istirohat bog`i loyihalari bilan tanishdi

Anhor bo`yida bunyod etilayotgan bu bog`dagi barcha inshootlar ma`naviyatimiz, milliy qadriyatlarimizni ifoda etadi. Bog`da “Navro`z” bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o`tkazishga mo`ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an`analarimiz aks etgan etnografik shaharcha quriladi, deya xabar bermoqda Prezident veb-sayti.

Navro`zda madaniyatimiz va qadriyatlarimizning barcha jihatlari namoyon bo`ladi. Bu bog` ana shu boy milliy merosimizni tarannum etadigan joy bo`lishi kerak, dedi Prezidentimiz. Bu erga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o`zini xuddi o`zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o`tkaziladigan har bir tadbir o`sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an`analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o`zligini anglashga hissa qo`shishi lozim.

Davlatimiz rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro`z bayramini xalq sayli tarzida o`tkazish bo`yicha tavsiya va ko`rsatmalar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1