Shavkat Mirziyoev bugun, 9 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda. O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo`yida bunyod etilayotgan madaniyat va istirohat bog`ining loyihasi yuzasidan ma`lumot berildi, deb xabar qiladi Prezident matbuot xizmati.
Bog`da bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraksionlar tashkil etiladi. Abdulla Qodiriy va Cho`lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani quriladi.
Prezidentimiz kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yo`lga qo`yish, Abdulla Qodiriy va Cho`lpon ijodini yoshlarga chuqurroq o`rgatish zarurligini ta`kidladi.
Aholining dam olishi uchun qulayliklarni oshirish, xususan, Nuroniylar maskanida choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklika barpo etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.
Prezidentimiz Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini hal qilishga ko`maklashish, ish o`rinlari yaratish, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish zarurligini ta`kidladi.