1

“Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g`olib va sovrindorlari taqdirlandi

Jamiyat 03.05.2014, 11:07
“Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g`olib va sovrindorlari taqdirlandi

“Turkiston” saroyida 2 may kuni jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g`oliblari va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag`ishlab ta`sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozisiyalarini namoyon etishi uchun sharoit yaratish, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

2006 yildan buyon o`tkazilayotgan mazkur tanlovda 4 ming nafarga yaqin jurnalist 50 mingdan ortiq ijtimoiy ahamiyatga molik materiali bilan ishtirok etdi. 194 nafar jurnalist “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi bo`ldi. 48 nafar ijodkor nufuzli xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ta`sis etgan mukofotlar bilan taqdirlandi.
Televidenie, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo`nalishlari bo`yicha o`tkazilayotgan bu yilgi ijodiy loyihada o`n uchta - bitta Bosh milliy mukofot, har bir yo`nalish bo`yicha uchtadan mukofot ta`sis etilgan. Tanlov uchun mamlakatimizning barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan 490 dan oshiq jurnalistdan 7500 ga yaqin ijodiy ish kelib tushdi. Ularni baholashda tanqidiy va tahliliy chiqishlarga, hayot haqiqati xolis aks ettirilgan, ijodiy izlanuvchanlik asosida tayyorlangan materiallarga alohida e`tibor qaratildi. Shu bilan birga, navqiron avlod ongu shuurini milliy hayot tarzimizga zid va begona bo`lgan zararli axborotlar xurujidan ishonchli tarzda himoyalashga, mamlakatimizda har jihatdan sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, bu yo`nalishda ko`rsatilayotgan ulkan e`tibor va g`amxo`rliklarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil etilgan materiallarga alohida ahamiyat berildi.
Tanlovni tashkil qilish, o`tkazish, g`oliblarni taqdirlash bilan bog`liq sarf-xarajatlar uchun mablag` O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratildi.

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma`rifat” telekanali jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti uchun o`tkazilgan xalqaro tanlovda Bosh mukofotga loyiq deb topildi. Telekanal maxsus diplom, “Oltin qalam” ko`krak nishoni, statuetkasi va mamlakatimizda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ijodiy bellashuvning televidenie, radio, matbuot va internet-jurnalistika yo`nalishlari bo`yicha g`oliblariga diplom, “Oltin qalam” ko`krak nishoni, statuetkasi hamda pul mukofotlari topshirildi. Shu bilan birga, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ta`sis etilgan nominasiyalar bo`yicha ham mukofotlar topshirildi.

Shu o`rinda ushbu tanlovga qiziqish xalqaro tashkilotlarda yil sayin ortib borayotganini ta`kidlash joiz. Xususan, bu yilgi tanlovda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi axborot markazi, YuNESKO, Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, BMTning OIV/OITS bo`yicha Birlashgan dasturi - YuNEYDS, Xalqaro munosabatlar milliy demokratik instituti (AQSh), “Regional dialog” (Sloveniya) kabi xalqaro tashkilotlarning O`zbekistondagi vakolatxonalari o`z mukofotlari bilan ishtirok etdi. Tantanali marosimda bir guruh jurnalistlar ushbu tashkilotlarning rag`batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX milliy mukofoti xalqaro tanlovi g`oliblari va sovrindorlari:

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot

O`zMTRK “Madaniyat va ma`rifat” telekanali

-

direktori  Vohid Luqmonov

O`zbek  xalqining boy madaniy-ma`rifiy merosini asrab-avaylash va yanada boyitish,  yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrli, keng dunyoqarashli yoshlarni voyaga etkazish  yo`lida amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlar, milliy qadriyatlarimizga bo`lgan  e`tibor, mamlakat madaniy hayotidagi yangilanishlarni  keng yoritgani  uchun    

Asosiy mukofotlar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televidenie):

1-o`rin:

Gulhida Jo`raeva

-

“Yoshlar”  teleradiokanali qoshidagi “Bolajon” telekanalining  Musiqiy va ma`rifiy-o`yinli teledasturlar muharririyati bosh  muharriri o`rinbosari vazifasini bajaruvchi

“O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan  qo`shimcha chora-tadbirlar dasturi” doirasidagi  milliy qadriyatlarimizni  yoshlar ongiga singdirish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega  yoshlarni    voyaga etkazishga qaratilgan teledasturlari uchun

2-o`rin:

Barchinoy  Jo`raeva

-

O`zMTRK “O’zbekiston”  teleradiokanali  Madaniy-ma`rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri o`rinbosari

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o`zgarishlar va dolzarb  muammolarga bag`ishlangan “Biz uchun muhim” turkumidagi tok-shoulari uchun

3-o`rin:

Yolqin Oqbo`taev

-

Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi  teleguruhining maxsus muxbiri

Viloyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni  va bunyodkorlik  ishlari to`g`risidagi  ko`rsatuvlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o`rin:

Mavjudaxon Oppoqxo`jaeva

-

O`zMTRK “O’zbekiston”  teleradiokanali Ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy eshittirishlar  muharririyati katta muharriri

O`zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish yo`lida olib borilayotgan islohotlar haqidagi tahliliy eshittirishlari uchun

 

2-o`rin:

Zafar Tursunov

-

“Poytaxt” radiokanali direktori

Respublikamiz poytaxti  hayotining muhim voqealari haqidagi   axborot dasturlari, dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy  eshittirishlari  uchun

3-o`rin:

Gularem Jumagalieva

-

Qoraqalpog`iston Respublikasi teleradio-kompaniyasining  “Xabar”  axborot-tahliliy dasturlari bosh muharririyati katta muharriri

Qoraqalpog`iston yoshlarining bugungi hayoti, yutuq va muammolari  to`g`risidagi “Parvoz” turkum eshittirishlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun  (bosma OAV):

1-o`rin:

“Sog`lom avlod” gazetasi tahririyati

-

bosh muharriri  Faxriddin Hayitov

Mamlakatimizda “Sog`lom bola yili” Davlat dasturi doirasida  sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalarda sog`lom muhitni kuchaytirish, tibbiy madaniyatni oshirish, bolalar sportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan sa`y-harakatlarni keng va tahliliy yoritgani uchun

2-o`rin:

“Vatanparvar” gazetasi tahririyati

-

bosh muharriri 

Alijon Safarov

Yoshlarni milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat, harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan, O`zbekiston Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi materiallari uchun

3-o`rin:

Zamiraxon Xo`jamberdieva  

-

“Milliy tiklanish” gazetasining Andijon viloyati bo`yicha o`z  muxbiri

Milliy g`urur va qadriyatlarimiz, an`ana va udumlarimiz, xalqimizga xos bag`rikenglik haqidagi publisistik  maqolalari  uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):

1-o`rin:

O`zbekiston Milliy axborot agentligi – O`zAning “uza.uz”

veb-sayti

-

bosh muharriri 

Bunyod Abdullaev

Demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo`lida mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni  turli tillarda  atroflicha yoritgani uchun 

2-o`rin:

“uz24.uz”

veb-sayti

-

bosh muharriri Abror Ismoilov

Mamlakatimizda  va chet ellarda  yuz berayotgan  voqea-hodisalar tezkor va tahliliy yoritilgan  materiallari  uchun

3-o`rin:

Jonibek Musaev

-

“UzReport.com” 

veb-sayti muxbiri

O`zbekistonning iqtisodiy hayotidagi yangiliklar, xalqaro  aloqalari haqidagi tahliliy materiallari uchun

               

Xalqaro va jamoat tashkilotlarining rag`batlantiruvchi mukofotlari:

BMT AXBOROT MARKAZI

“Radioda Mingyillik rivojlanish maqsadlari mavzusining yoritilishi”

         Lazzat Esemuratova – “Nukus-G`M” radiokanali direktori

YuNESKO

“Barqaror rivojlanish  mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”

         Toshtemir Xudoyqulov  – “O`zbekiston ovozi” gazetasining Ijtimoiy hayot va iqtisodiyot bo`limi muxbiri

EXHT

         “Raqamli texnologiyalar davrida zamonaviy jamiyat va axborot jurnalistikasi”

         “O`zbekiston  matbuoti” jurnali tahririyati – bosh muharrir  vazifasini bajaruvchi Shuhratjon Oxunjonov

JAHON  BANKI

         “Global iqlim  o`zgarishi muammolari yoritilgan eng yaxshi material uchun” (qishloq xo`jaligi va issiqlik samaradorligi masalalari)

         Ozod Ochilov – “Qishloq hayoti” gazetasi guruh rahbari

UNAIDS, UNICEF, UNFPA  VA OITSga QARShI KURASh

                                      RESPUBLIKA MARKAZI

         “OAVning OIV-OITS masalalari bo`yicha jamoatchilik muloqotini faollashtirish va aholining xabardorligini oshirishdagi roli yoritilgan eng yaxshi material uchun”

         Suriya Magdeeva “Namanganskaya pravda” gazetasining  maxsus muxbiri

 

XALQARO MUNOSABATLAR MILLIY DEMOKRATIK INSTITUTI (AQSh)

         1. “Davlat organlarining o`z faoliyati ochiqligi  va shaffofligini

kuchaytirish borasidagi ishlari yoritilgan eng yaxshi material uchun”

         Sayyora Erbaeva – O`zMTRK “Toshkent” teleradiokanali “Poytaxt” axborot dasturlari bosh muharririyati sharhlovchisi

         2. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining aholi ehtiyojlarini qondirish bo`yicha dolzarb muammolar echimini topishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi yoritilgan eng yaxshi material  uchun”

         Sanobar Boymurodova – Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi  muharriri

         3. “Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovasion echim va yondashuvlar”

         Xushnud Xudoyberdiev – Toshkent davlat yuridik universiteti o`qituvchisi

Regional dialog  XNNT (Sloveniya)

         1. “Inson huquqlarini himoyalash mavzusidagi eng yaxshi material uchun

         Guli Nigor Avazova – O`zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyati muxbiri

         2. O`zbekistonda sud hokimiyati islohotlarining borishi yoritilgan eng yaxshi material uchun”

          Xurshida Tursunboeva – “Toshkent haqiqati” gazetasi muxbiri

O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Kengashi

         1. “Sog`lom bola yiliga bag`ishlangan eng yaxshi  material uchun”

         Mardon Esonboev – “Bolalar dunyosi” gazetasi muharriri o`rinbosari (Namangan viloyati)

         2. “Ijtimoiy sheriklik faoliyati yoritilgan eng yaxshi material uchun

         Ekaterina SobolevaO`zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bosh mutaxassisi

O`ZBEKISTON MUSTAQIL BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA AXBOROT AGENTLIKLARINI QO`LLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh JAMOAT FONDI

         1. “Jurnalistika rivojiga qo`shgan hissasi uchun

         Abbosxon Usmonov – “Pravda Vostoka” gazetasi bosh muharriri

         2. ”Chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun”         

         Irina Baranova – “Trend” axborot agentligining O`zbekistondagi muxbiri (Ozarbayjon Respublikasi)  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1