1

ABITURIENT-2014: “Qaysi darslikdan foydalansam, o`qishga kiraman?”

Jamiyat 03.05.2014, 12:01
ABITURIENT-2014: “Qaysi darslikdan foydalansam, o`qishga kiraman?”

“Darsliklardagi xatolar, o`quvchi kimga ishonsin?” Gazetamizning  09.05.2013 yildagi 19-sonida ayni shu sarlavhali maqola mushtariylarning darsliklardagi xatolar, bir-biriga nomutanosib ma`lumotlar borasidagi savollari  va e`tirozlariga oydinlik kiritish maqsadida tayyorlangandi. “Qaysi darslikdan tayyorlansam ekan?” Bugungi kunda ham abiturientlarni ayni shu savolga javob topish xavotirga solyapti. Buni mushtariylar so`rovlari ham isbotlaydi. Davlat Test Markazi axborot xizmati ko`magida ushbu sahifani tayyorladik.

2014-2015 o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat bosqichi bo`yicha qabul test sinovlarida foydalaniladigan darslik va o`quv qo`llanmalar ro`yxati bu savolga javob bo`la oladi.   

ONA TILI VA ADABIYoTI FANI BO`YIChA

Ona tili — 6-7-sinf, 2013 y., N.Mahmudov va boshqalar; 8-sinf, 2010 y., M.Qodirov va boshqalar; 9-sinf,            2010 y., N.Mahmudov va boshqalar; ona tili va adabiyoti — al-kol*, 2013 y., A.Rafiev va boshqalar; hozirgi o`zbek adabiy tili (1-3 qism) — al-kol, 2011 y., A.Nurmonov va boshqalar; hozirgi o`zbek adabiy tili — al-kol, 2010 y., G`.Abdurahmanov; adabiyot (1, 2 qism) — 5-sinf, 2011 y., S.Ahmedov va boshqalar; adabiyot — 6-sinf, 2013 y., S.Ahmedov va boshqalar; adabiyot — 7-sinf, 2013 y., Q.Yo`ldoshev va boshqalar; adabiyot — 8-sinf, 2010      y., S.Olimov va boshqalar; adabiyot — 9-sinf, 2010 y., Q.Yo`ldoshev va boshqalar; adabiyot — al-kol,    2010 y., B.To`xliev; adabiyot majmua (1-3 qism) — al-kol, 2010 y., B.To`xliev va boshqalar; adabiyot qoidalari — al-kol, 2011 y., X.Umirov.

INGLIZ TILI 

Ingliz tili — «fly high english», 6-sinf, 2013 y., L.Jo`raev va boshqalar; «fly high english» — 7-sinf, 2013 y., L.Soy  va boshqalar; «fly high english» — 8-sinf, 2010 y., L.Jo`raev va boshqalar; «fly high english», 9-sinf, 2010 y., L.Jo`raev va boshqalar; ingliz tili  (1-3 qism) — al-kol, 2007 y., M.Gadoeva va boshqalar; ingliz tili  (1 qism) — al-kol, 2011 y., Q.Sattorov va boshqalar; ingliz tili  (2 qism) — al-kol, 2011 y., O.Mo`minov va boshqalar; ingliz tili  (3 qism) — al-kol, 2011 y., G.Bakieva va boshqalar; ingliz tili  grammatikasi — al-kol, 2011 y., M.Gapparov.

NEMIS TILI

Nemis tili «assalom, deutsch!» — 6-7-sinf, 2013 y., N.Suxanova va boshqalar; nemis tili «assalom,deutsch!» — 8-sinf, 2010 y., N.Suxanova va boshqalar; nemis tili «deutsch» — 9-sinf, 2010y., M.Dadaxo`jaeva va boshqalar; nemis tili (1 qism) — al-kol, 2011 y., M.Dadaxo`jaeva; nemis tili (2 qism) — al-kol, 2011 y., A.Abdullaeva; nemis tili (3 qism) — al-kol, 2011 y., G.Pan; nemis tili — al-kol, 2010 y., V.Zardinova; nemis tili grammatikasi — al-kol, 2002     y., K.Taniqulova.

FRANSUZ TILI 

Fransuz tili — 6-sinf, 2013 y., Z.Abdushukurova va boshqalar; fransuz tili — 7-sinf, 2013 y., V.Buxin va boshqalar; fransuz tili  «le nouveau voyage en france» — 8-sinf, 2010 y., Z.Abdushukurova va boshqalar; fransuz tili «d’un etat a l’autre» — 9-sinf, 2010 y., S.Rahmonova va boshqalar; fransuz tili  (1 qism) — al-kol, 2011 y., M.Ubaydullaeva; fransuz tili  (2 qism) — al-kol, 2011 y., J.Yoqubov;

fransuz tili  (3 qism) — al-kol, 2011 y., L.Abdushukurova; fransuz tili — al-kol, 2002 y., S.Mirsagatova.

TARIX

Tarix —  6-sinf, 2013 y., A.Sa`dullaeva va b.; O`zbekiston tarixi — 7-sinf, 2013 y., A.Muhammadjonov; O`zbekiston tarixi — 8-sinf, 2010 y., Q.Usmonov va b.; O`zbekiston tarixi — 9-sinf, 2010 y., S.Tillaev va b.; O`zbekiston tarixi (1, 2 qism) — AL-kol, 2012 y., Q.Usmonov va b.; Jahon tarixi — 7-sinf, 2013 y., T. Salimov va b.; Jahon tarixi — 8-sinf, 2010    y., U.Jo`raev va b.; Jahon tarixi — 9-sinf, 2010 y., M.Lafasov va b.; Jahon tarixi — AL-kol, 2013           y., M.Lafasov va b.

MATEMATIKA

Matematika — 6-sinf, 2013 y., M.Mirzaahmedov va b.; Algebra — 7-sinf, 2013 y., Sh.Alimov va b.; Algebra — 8-sinf, 2010 y., Sh.Alimov va b.; Algebra — 9-sinf, 2010 y., Sh.Alimov va b.; Algebra va matematika analiz asoslari (1,2 qism) — AL-kol, 2013 y., A.Abduhamidov va b.; Algebra va analiz asoslari — AL-kol, 2003 y., R.Vafoev va b.; Matematika (1, 2 qism) — AL-kol, 2006 y., A.Meliqulov va b.; Geometriya — 7-sinf, 2013 y., A.Azamov va b.; Geometriya — 8-sinf 2010 y., A.Rahimqoriev; Geometriya — 9-sinf, 2010 y., B.Haydarov va b.; Geometriya (1, 2 qism) — AL-kol, 2010 y., I.Isroilov va b.

FIZIKA

Fizika — 6-sinf, 2013 y.,             N.Turdiev; Fizika — 7-sinf, 2013 y., P.Xabibullaev va b.; Fizika — 8-sinf, 2010 y., P.Xabibullaev va b.; Fizika — 9-sinf, 2010 y., P.Xabibullaev va b.; Fizika (1, 2 qism) — AL-kol, 2013 y., A.G`aniev va b.; Mexanika va molekulyar fizika — AL-kol, 2010 y., M.O`lmasova; Fizika — AL-kol, 2010 y., M.O`lmasova; Fizika (optika, atom va yadro fizika) — AL-kol, 2010 y., M.O`lmasova; Fizika  (1-3 qism) — AL-kol, 2002-2004 y., A.No``monxo`jaev va b.

BIOLOGIYa

Botanika — 5-sinf, 2011 y., O`.Pratov va b.; Botanika — 6-sinf, 2013 y., O`.Pratov va b.; Zoologiya — 7-sinf, 2013 y., O.Mavlonov; Odam va uning salomatligi — 8-sinf, 2010 y., B.Aminov va b.; Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari — 9-sinf, 2010 y., A.Zikiryaev va b.; Biologiya — AL-kol, 2012 y., A.Abdukarimov va b.

KIMYo

Kimyo — 7-sinf, 2013 y., I.Asqarov va b.; Kimyo — 8-9-sinf, 2010 y., I.Asqarov va b.; Kimyo — AL-kol, 2013 y., I.Tirkashev va b.; Kimyo — AL-kol, 2005 y., A.Abdusamatov; Anorganik kimyo — AL-kol, 2011 y., I.Toshev va b.; Organik kimyo — AL-kol, 2011 y., A.Abdusamatov.

GEOGRAFIYa

Tabiiy geografiya boshlang`ich kursi — 5-sinf, 2011 y., P.G`ulomov va b.; Geografiya — 6-sinf, 2013 y., A.Soatov va b.; Geografiya — 7-sinf, 2013 y., P.G`ulomov va b.; Geografiya — 8-sinf, 2010 y., P.Musaev va b.; Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi — 9-sinf, 2010 y., A.Qayumov va b.; Amaliy geografiya — AL-kol, 2013 y., A.Rafiev va b.

“RAQAMLAR JAVOB BERMAYaTI”

Gazetamizning o`tgan 17.04.2014 sonida “Davlat test markazi ogohlantiradi va tavsiya etadi” maqolasi chop etilgach, ayni shu e`tiroz bilan mushtariylar tahririyatga qo`ng`iroq qilishdi. OO`Yuga kirish istagidagi abiturientlar uchun qator yo`nalish va fanlardan test savollari va javoblari kitobiga buyurtma berish uchun taqdim etilgan Davlat test markazining ayrim viloyatlardagi bo`limlarida telefon raqamlari javob bermayotgan ekan. Qashqadaryo viloyatidan Azamat Mingto`raev, Namangan viloyatidan Inomjon Isoqov, Muhabbat Jo`raboeva, Buxoro viloyatidan Alisher Turdiev murojaatlari shular jumlasidan. Biz esa oydinlik kiritishga harakat qildik.

DAVLAT TEST MARKAZI IZOHLADI

Mavluda Nishonova, Davlat test markazi matbuot kotibi:

— Tahririyatga qo`ng`iroq qilib bildirilgan e`tirozlarni inobatga olgan holda Markazning har bir viloyat bo`limlari rahbarlariga alohida ko`rsatma berildi. Aytish lozimki, ushbu telefon raqamlariga to`xtovsiz ravishda qo`ng`iroqlar amalga oshirilayapti. Shu sababdan ulanishda biroz muammolar yuzaga kelishi mumkin, ammo har bir qo`ng`iroq imkon qadar qabul qilinishi alohida e`tiborga olingan.

“DARAKChI” ESLATADI!

Agar siz test savollari va javoblari kitobiga buyurtma berishda muammoga duch kelayotgan bo`lsangiz, Davlat Test Markazining 235-56-45 telefon raqamlari orqali oydinlik kiritishingiz mumkin. 

DTM bilan hamkorlikdaUmida YaKUBOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1