Avvalroq, Shavkat Mirziyoev 9 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishayotganligi haqida xabar berilgandi.
Davlat rahbarining Olmazor tumaniga tashrifi davomida Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari bilan muloqot bo`lib o`tdi. Mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholini uy-joy va ish bilan ta`minlash, xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash haqida so`z yuritildi. Suhbat davomida Lrezident shuningdek, maktab dasturiga shaxmat darsini kiritishni taklif qildi.