AsosiyJamiyat

11 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'11 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 11 fevral kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -3 ... -1 daraja, kunduzi +11 ... +13 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -2 ... +3 daraja iliq bo`ladi. Urganchda esa kechasi -13 ... -8, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qarshida havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo`ladi. Termizda esa kechasi -2 ... +3, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja sovuq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Boshqa yangiliklar