AsosiyJamiyat

Farzandi salomatligidan shikoyat qilgan ona farzandini Pediatriya markaziga yotqizdi

Barchaga ma`lumki, Darakchi.uz saytida farzandi salomatligidan havotir bo`layotgan onaning shikoyati xususida turkum maqolalar chop etilgan edi. Bugun ona Muyassar Yusupova o`g`li Arslon Yusupovga aniq tashhis qo`yish maqsadida Respublika ixtisoslashgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizdi.

Muyassar Yusupovaning bizga bu haqda yozib yuborgan murojaatida shunday deyiladi: “Assalomu alaykum «Darakchi», men sizdan uzr so`ragan holda shuni ma`lum qilamanki, o`g`lim Arslonbek Yusupov 2014 yil 2 may kuni Respublika ixtisoslashgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashxis bo`limiga yotqizildi. Xozirda u shifokorlar nazoratida. Keyingi paytlarda unda qon kamayishi kuzatilayotgandi. Lekin Markazdagi tashhislarda gemoglobini 129 chiqdi, rosti ishonmadim, sababi Ona va bolaning gemotologiya bo`limida bir oy oldin 92 chiqqandi. Shunga shifokorlardan qayta tekshiruv o`tkazishlarini so`radim. Ular bunga rozi bo`lishdi.O`g`lim xozirda o`zini yaxshi his qilmoqda. Kerakli tibbiy tekshiruvlar o`tkazilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, o`g`limning salomatligiga xavf soladigan jiddiy kasallik yo`q. Men farzandimni mazkur Markaz shifokorlariga ishonib topshirishdan oldin ko`p o`yladim, hatto uyga shifokor yollab bolamni davolatmoqchi ham edim. Ammo gap bolamning sog`lig`i, kelajak hayoti haqida borar ekan, men ona sifatida o`g`limni faqat eng tajribali shifokorlar tekshirishlarini istadim. Men ularga bolamning hayotini ishondim, umid qilamanki , ular ishonchimni oyoq osti qilmaydilar.Shu fikrda o`g`limni mazkur markazga yotqizdim. Taniqli professor va shifokorlarning o`g`limni diqqat bilan tekshirishayotgalarini ko`rib, xato qilmaganimni tushunyapman. Xatto o`g`limning yuzida yana yashashga bo`lgan ishtiyoqni ko`ryapman. Unda so`nggi paytlarda tushkun kayfiyat hukmron edi. Endi esa davolansa hammasi o`tib ketishiga, sog`ayib ketishiga ishonchi komil. Menga “O`g`ling Vilson Konovalova xastaligiga chalingan bo`lishi mumkin” degan shifokorlarga aytar gapim bor, qachondir kimgadir shunday gapni aytishingizga to`g`ri kelsa o`sha odamga nisbatan e`tiborli bo`ling, hech ham o`sha insonni ko`chaga tashlab qo`ymang, uning kasalxonaga joylashishiga yordam bering, ahir bemor va uning yaqinlari uchun shifokor najot farishtasi bo`lib ko`rinadi. Oldingizga kelgan kimsa borki, sizdan xursand ketsin. Nomingizni ulug`laydigan ham erga uradiganlar ham o`shalar bo`ladi.”  Meni dardimga sherik bo`lib, kerak payti menga yordam qo`lini cho`zgan, farzandim sog`lig`iga befarq bo`lmagan, vaqtini ayamasdan farzandimni kasalxonaga joylashtirishga o`z hissasini qo`shgan “Darakchi” gazetasi xodimi Barno Madalieva va “Darakchi.uz” muharriri Laylo Rustamovalarga o`z minnatdorchiligimni bildiraman va ularga farzandlari kamolini ko`rishni, ishlariga rivoj tilayman, doimo ularni baxt tark etmasin!

Yana shuni aytishni istardimki, meni ba`zilar bolasiga qaramaganga chiqaribdi. Men bu gapni qaysi shifokor yozganiniyam bilaman. O`sha odamlarga aytar gapim “dardni Xudo beradi uni xech kim na o`zi va na farzandiga tilamaydi. Men qanday yashaganimni hech kim bilmaydi. Uzr so`ragan holda aytmoqchimanki, onkologning oilasida miya saratoni, terapevtning oilasidan oshqozon saratonidan o`lganlarning guvohi ham bo`lganman. Bularni yozganim uchun meni xudoyim o`zi kechirsin. Mayli kambag`aldirman ammo hech qachon farzandlarimni e`tiborsiz qoldirmaganman. Men onaman hamma bolalarni o`z bolamday ko`raman, tilagim hech qachon farzandalarimiz kasal bo`lishmasin”. 

Ayolning iltimosiga ko`ra, uning mazkur murojaatini to`liqligicha nashr qilishga qaror qildik. Tahririyat esa o`z o`rnida bolaning tezroq shifo topishiga tilakdosh hamda mazkur vaziyatni nazoratga olgan shifokorlarga minatdorchilik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar