AsosiyDunyo

Xo`roz ichidan “ohirat zamon” belgisi topildi (FOTO)

Ozarbayjonning Sumgayite shahridagi G.Z.Tagieva qishlog`ida yashovchi oila g`alati hodisaning guvohi bo`ldi, bu holat nafaqat oila a`zolarini balki ko`plab insonlarni ham hayratga soldi.

Day.Az'ning Anspress nashriga tayanib bergan ma`lumotlariga ko`ra, xonadon egasi so`yilgan xo`rozning ichini tozalayotgan paytda, parrandaning ichidan odam embrioniga o`xshagan tirik mavjudot borligini ko`rgan.

Faqatgina mutaxassislar uning odam yoki hayvonga tegishli ekanligini aniqlasha olishadi. Ammo har qanday holatda bu embrion xo`rozning ichida bo`lgani hayratlanarli.

Qishloq oqsoqollarining so`zlariga ko`ra, mazkur holat ohirat zamonning yaqinlashib kelayotganidan dalolat beradi. Diniy ulamo Fuad Panaxli ham buni inkor etmayapti.

Xo`roz ichida bo`lgan jonzot sichqon embrioni bo`lishi mumkin degan tahminlar ham bor. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar