1

Onangiz va otangiz orasida qanday farq borligini bilasizmi?

Hidoyat sari 13.02.2018, 10:13
Onangiz va otangiz orasida qanday farq borligini bilasizmi?

– Ona sizni dunyoga taqdim qiladi.

– Ota esa, sizga dunyoni taqdim qiladi.

– Ona sizga yaxshi hayot ulashadi.

– Ota ushbu hayotda qanday yashashni o`rgatadi.

– Ona sizni och emasligingizdan xabardor bo`ladi.

– Ota ochlikning qadrini o`rgatadi.

– Ona sizdagi e`tibor hissini o`stiradi.

– Ota sizdagi mas`uliyat hissini o`stiradi.

– Ona sizni yiqilishdan himoya qiladi.

– Ota yiqilgandan keyin qanday turishni o`rgatadi.

– Ona oyoqda qanday yurishni o`rgatadi.

– Ota hayot so`qmoqlarida qanday yurishni o`rgatadi.

– Ona kamolot va go`zallikni aks ettiradi.

– Ota voqe`lik va jiddiylikni aks ettiradi.

Ota muhabbatini o`zingiz ota bo`lganingizda bilasiz. Shuning uchun otangiz o`gitlariga quloq tuting. Doim ota onangizga muhabbatingizni izhor qiling. Doimo:
«Robbim, ular meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», deb ayting.
Ey olamlar robbi! Ikkovlarini mag`firat aylab, ularga jannatni maskan qil!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1