1

Rossiyaning migrasiya masalalari bo`yicha komissiyasi Samarqandda bo`ldi

Jamiyat 13.02.2018, 14:56
Rossiyaning migrasiya masalalari bo`yicha komissiyasi Samarqandda bo`ldi

Samarqand viloyati hokimligida Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashining migrasiya masalalari va chet el fuqarolarini ijtimoiy-madaniy moslashtirish komissiyasi a`zolari bilan uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar qilinmoqda.

Delegasiya rahbari – Rossiya davlat Dumasi deputati A.Juravlev hamda Rossiya prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashining migrasiya masalalari va chet el fuqarolarini ijtimoiy-madaniy moslashtirish komissiyasi raisi A.Paskachev O`zbekistondan borayotgan mehnat migrantlarini Rossiya qonunchiligi bilan tanishtirish, ularni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilish, munosib mehnat va turmush sharoiti yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi. Ushbu yo`nalishda O`zbekiston hukumati bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan o`zaro fikr almashildi.

Rossiyalik mehmonlar Samarqand shahridagi mehnat migrantlarini tayyorlash va jo`natish markazi hamda Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birgalikda tashkil etilgan kasb-hunarga o`qitish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegasiya a`zolari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasi va boshqa diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federasiyasiga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar asosida mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha tomonlar istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishni boshlagan. Jumladan, Samarqand shahrida Rossiya Federasiyasiga mehnat migrantlarini tayyorlash va jo`natish markazi faoliyat ko`rsatmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1