AsosiySport

Bokschilarimiz pul mukofoti bilan taqdirlandi

'Bokschilarimiz pul mukofoti bilan taqdirlandi'ning rasmi

Joriy yilning 28 yanvar – 1 fevral kunilari boks bo`yicha Hindistonda o`tkazilgan “Indian Open” xalqaro turnirida O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 5 oltin va 2 kumush medalni qo`lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egallagan edi.

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, Milliy olimpiya qo`mitasi va Boks federasiyasining takliflarini inobatga olib “Indian Open” xalqaro boks musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschilar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Musobaqada oltin medalni qo`lga kiritgan Xudoynazar Fayzov, Abdulhay Shorahmatov, Bobo-Usmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov 25 million so`m bilan, kumush medali sohiblari –Iqbol Xoldorov va Sanjar Tursunov esa 15 million so`m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bosh murabbiy Marat Qurbonov va katta murabbiy To`lqin Qilichevga 12 million so`m pul mukofotlari berildi.

    Boshqa yangiliklar